Badiiy tarjima sohasidagi Ogahiy nomli xalqaro mukofot ulug‘ shoir, tarixchi va tarjimon Muhammad Rizo Ogahiy sharafiga ta’sis etilgan. Ushbu mukofot O‘zbekiston abadiy hayotida yuksak e’tirofga loyiq bo‘lgan nufuzli mukofotlardan biri bo‘lib, o‘zbek adabiyotini milliy va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida har ikki yilda topshiriladi.
Mukofotning maqsadi o‘zbek badiiy tarjima maktabini yanada rivojlantirish, yosh va tajribali tarjimonlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek adabiyotini xorijda keng targ‘ib qilayotgan fidoyi ijodkorlar, jahon adabiyotining sara asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girayotgan tarjimonlar mehnatini e’tirof etishdan iborat. Mukofot bugungi kunda faol ijod qilayotgan tarjimonlarga o‘z iste’dodlarini namoyon etish, yangi tarjima asarlar yaratish uchun ilhom olish imkoniyatini beradi.
Ogahiy xalqaro mukofoti har ikki yilda turli adabiy yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim etiladi, jumladan:
Nasr yo‘nalishida:
– xorijiy tillardan o‘zbek tiliga o‘girilgan eng yaxshi nasriy tarjima asar uchun;
– o‘zbek tilidan xorijiy tillarga o‘girilgan eng yaxshi nasriy tarjima asar uchun;
Nazm yo‘nalishi:
– xorijiy tillardan o‘zbek tiliga o’girilgan eng she’riy tarjima asar uchun;
– o‘zbek tilidan xorijiy tillarga o‘girilgan eng yaxshi she’riy tarjima asar uchun;
Bolalar adabiyoti yo‘nalishi:
– xorijiy tillarda yozilgan bolalar nasriy asarlarining o‘zbek tilidagi eng yaxshi tarjimasi uchun;
– o‘zbek tilida yozilgan bolalar she’riy asarlarining xorijiy tillardagi eng yaxshi tarjimasi uchun;
Mukofot har bir yo‘nalish uchun faqat bitta tarjimaga beriladi.
Ogahiy xalqaro mukofoti ga nomzod bo‘lish uchun ijodkorlar tanlov e’lon qilingandan keyin tarjima asarlarini ishchi guruhiga taqdim etadilar. Ishchi guruhi nomzodlarning ishlarini qabul qilib olib, keyin ularni taniqli tarjimonlar, yozuvchilar va shoirlardan iborat bo‘lgan hakamlar hay’atiga topshiradi.
Mukofot badiiy tarjima sohasida ijod qilayotganlarga nafaqat milliy e’tirof, balki xalqaro miqyosda tanilish imkoniyatini beradi.
Mukofot badiiy tarjima sohasida mehnat qilayotgan barcha yoshdagi ijodkorlarga mo‘ljallangan. Ogahiy xalqaro mukofoti bugungi o‘zbek badiiy tarjimachiligini rivojlantirish ishiga katta hissa qo‘shadi.